2015-yilning 14-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston—AQSh munosabatlarining ba’zi masalalari, jumladan, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar kun tartibi va muddatlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv davomida xalqaro va mintaqaviy masalalarga alohida e’tibor berildi.
Izoh (0)