Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Muruvvat” internat-uyida karnay-surnaylar va bayramona shukuh ostida “Oshga marhamat” tanlovi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligining axborot xizmati xabar berdi.
Tanlov muassasa tarbiyachilari o‘rtasida o‘tkazilib, ishtirokchilar taom tayyorlash, darturxon bezatish, karving san’ati bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Har bir ishtirokchining dasturxoni o‘ziga xos salatlar, pishiriqlar va mevalar guldastasi bilan bezatildi.
Hakamlar hay’ati tarkibida professional oshpazlarning ham mavjudligi tanlovning naqadar jiddiy o‘tkazilganidan dalolat beradi.
Tadbir so‘ngida g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Izoh (0)