Namangan viloyatida “Arsenal” operatsiyasi doirasida o‘tkazilgan reyd chog‘ida keksa ayoldan Nagan tizimli revolveri olib qo‘yildi, deb xabar bermoqda “Novosti Uzbekistana”.
“U qurol sifatida hech qanday qiymatga ega emas, biroq nodir narsa sifatida ancha qiymatli. Bu revolver Tuladagi imperator qurol zavodida 100 yildan oshiq muddat oldin ishlab chiqarilgan. Qurol zanglagan va ishlatishga yaroqsiz bo‘lsa-da, uni saqlagani uchun ayol javob berishiga to‘g‘ri keladi”, — dedi patrul-post xizmati va jamoatchilik tartibini saqlash boshqarmasi katta inspektori, leytenant Mirsaid Normatov.
Shuningdek, 1938-yilda tug‘ilgan, sakkiz farzandning onasi bo‘lgan ayol ham sandiqda hujjatlarsiz ov qurolini saqlagani aniqlangan. Ayol qurolni nega saqlaganini izohlab berolmagan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida jarima to‘lashi yoki olti yillik axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilga ozodlikdan mahrum etish jazolaridan biriga mahkum etilishi mumkin.
Mirsaid Normatovning so‘zlariga ko‘ra, yil boshidan buyon 37 kishi ixtiyoriy ravishda noqonuniy saqlangan qurollarini topshirgan.
Izoh (0)