“Goznak” korxonasining xatosi bilan 50 ming nafar boshqirdistonlikka raqamlari bir xil bo‘lgan pasport berilgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda Meduza.
Xatolik 2003-yilda sodir bo‘lgan — o‘shanda boshqird tilidagi suqma sahifaga ega pasportlar chiqarilgan, ularda boshqird tilidagi ma’lumotlar va fuqaroning millati keltirilgan. O‘sha paytda fabrikada xatolik tufayli bir xil raqamlarga ega ikki partiya pasportlar chiqarilgan — birida boshqird tilida ma’lumotlar bilan, boshqasida ularsiz.
Natijada suqma sahifaga ega pasportlar ularsiz hujjatlar bilan bir xil bo‘lib qolgan, pasportlarning egalari tez-tez adashtirib yuborilgan. Bir xil raqamlarga ega pasportlarning aksariyati muomaladan chiqarilgan, hozirda fuqarolarning qo‘llarida 10 mingga yaqin shunday pasport qolgani aytilgan.
Izoh (0)