Xitoy janubida joylashgan Guychjou viloyatidagi ko‘mir konida ko‘mir va gazning otilib chiqishi natijasida kamida o‘n kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Mahalliy hukumat vakillarining ma’lum qilishicha, besh kishi yengil jarohat olgan.
Manbalarda ta’kidlanishicha, 56 kishi kondan sog‘-salomat chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Yana uch kishini qutqaruvchilar jamoasi chiqarib olishga urinmoqda.
Izoh (0)