Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi chegarasida joylashgan Suyfenxe shahrida (Xeylunszyan viloyati, Shimoli-Sharqiy Xitoy) yuan bilan bir qatorda rubldan foydalanishga ruxsat berildi, deb xabar beradi “TASS”.
Ushbu holat yuzasidan Xitoy Xalq bankining tegishli qarori e’lon qilindi.
“Chegara shaharda Rossiya pul birligining muomalada bo‘lishi Amerika dollari o‘rniga yuan va rubldan foydalanib ikki tomonlama savdo-sotiqni amalga oshirishning ijobiy natijasi bo‘ldi”, — deydi Xitoy Xalq banki monetar siyosati bo‘yicha qo‘mita rahbarining o‘rinbosari Szin Mey.
Suyfenxe chegara savdosining muhim markazi bo‘lib, u orqali Rossiyaga Xeylunszyan viloyatidan eksport qilinayotgan mahsulotlarning 80 foizi o‘tadi.
Izoh (0)