Google Analytics statistika xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda eng ommabop internet-nashr bo‘lgan “Daryo”ga tashriflar soni 12 oy ichida 3,8 baravar oshdi.
2015-yil iyul oyida “Daryo”ga 612 ming kishi 5,5 million marta tashrif buyurib, 26,6 millionta sahifani ko‘rgan. 2015-yil boshidan buyon nashrga 2,3 million kishi tashrif buyurgan. Eslatib o‘tamiz, 2014-yil davomida “Daryo”ga 1,4 million kishi tashrif buyurgan edi.
“Daryo”ning iOS va Android operatsion tizimlari uchun mo‘ljallangan mobil dasturlaridan iyul oyida jami 160 ming kishi foydalangan.
iPhone smartfonlari uchun mo‘ljallangan “Daryo” dasturini yuklab oling.
Android-smartfonlar uchun mo‘ljallangan “Daryo” dasturini yuklab oling.
“Daryo” bunday natijalarga siz aziz mushtariylarsiz erisha olmas edi. Buning uchun “Daryo” jamoasi sizga cheksiz minnatdorchilik bildiradi.Yangiliklar daryosidan chetda qolib ketmang!
Izoh (0)