Janubiy Koreyaning Jee Sung Corporation kompaniyasi raisi Maykl Jo O‘zbekistonning farmatsevtika kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatish va mustahkamlash maqsadida iyul oyi oxirida O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Tashrif davomida Maykl Jo “O‘zfarmsanoat” aksiyadorlik konsernida bo‘lib, kompaniya raisi Mirzanozim Do‘stmurodov bilan uchrashdi. Konsern raisi mehmonni mamlakatning farmatsevtika bozori rivoji hamda yetakchi farmatsevtika kompaniyalari va korxonalari faoliyati bilan tanishtirdi.
Muzokaralar jarayonida tomonlar O‘zbekistonda tibbiy sterilizatorlarni ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari masalalarini muhokama qildi, mahsulotni sotish choralari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, koreyalik mehmon Jurabek Laboratories, Laxisam Pharmaceuticals va Orto Best kompaniyalariga tashrif buyurdi.
Izoh (0)