O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, hafta oxirida O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati pasayadi.
Qayd etilishicha, respublika bo‘ylab 40—42 darajagacha chiqadigan harorat 7-avgustgacha, Farg‘ona vodiysida 8-avgustgacha davom etadi.
8—9-avgust kunlari deyarli barcha hududlarda harorat 30—35 darajagacha tushadi, havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 33—38 daraja, tog‘li hududlarda 18—23 daraja issiq bo‘ladi.
Izoh (0)