Joriy yilning 4-avgust kuni “Poytaxt” biznes markazining anjumanlar zalida O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan bosma OAV xodimlari uchun O‘zbekistonda hukumat tomonidan barkamol avlodni tarbiyalash masalasiga qaratilgan islohotlar, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaratilgan mavzuda ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad O‘zbekistonda yoshlarni barkamol etib tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, chora-tadbirlar xususida jurnalistlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ushbu yo‘nalishga oid ma’lumotlar bilan xabardor qilishga qaratildi.
Ushbu ilmiy-amaliy seminarda jurnalistlar yo‘nalishda faoliyat olib boradigan mutaxassislar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olib, kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Bu kabi tadbirlarni muntazam tashkil etib borish jurnalistlar hamda ushbu yo‘nalishda faoliyat olib boradigan mutaxassislar o‘rtasidagi jonli muloqot muhitini yaratish hamda uni yanada takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlandi.
Izoh (0)