• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi issiq havo sharoitida ish vaqti belgilanishi tartibi haqida tushuntirish berdi

    “Joriy yilning iyul oyida ob-havo harorati keskin oshganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga ish vaqtini qisqartirish masalasi yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelmoqda”, — deyiladi vazirlikning “Daryo” tahririyatiga kelib tushgan xatida. Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

    Foto: mehnat.uz

    Foto: mehnat.uz

    O‘zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya shifokori tomonidan tasdiqlangan “Ishlab chiqarish binolardagi mikroiqlimning sanitariya-gigiyena normalari”ga muvofiq ishlab chiqarish muhitidagi meteorologik sharoitlariga (mikroiqlim) tavsiflovchi ko‘rsatkichlariga ob-havo harorati, nisbiy namligi, havo bosimi, havoning harakatlanish tezligi hamda qizigan sirtning ta’siridagi issiqlik nurlanishning intensivligi kiradi.

    Qulay mikroiqlim sharoitida odam issiqlik qulayligi holatini boshdan kechiradi, bu o‘z navbatida yuqori mehnat unumdorligi va kasalliklarning oldini olish uchun muhim shartdir. Ish maydonining mikroiqlimi optimal holatdan sezilarli darajada chetlanishi, ishlovchilarning organizmida bir qator fiziologik buzilishlarga, ish qobiliyati pasayishi va hatto kasb kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin.

    Ishlab chiqarish muhitining meteorologik sharoitlarini me’yorlash tamoyillari asosida ishlab chiqarish binoning issiqlik xususiyati, ishning og‘irlik toifalari va yil fasllariga tobeliligi bo‘yicha optimal va ruxsat etilgan miqdorlarining tabaqalashgan darajalari belgilanadi.

    Ushbu omillarni hisobga olgan holda, yilning sovuq va o‘tish davrida issiqlik darajasi ko‘p bo‘lmagan xona va binolarda jismoniy yengil ishlar uchun mikroiqlimning optimal parametrlari (darajasi) quyidagicha bo‘lishi: havo harorati 20—23° va nisbiy namlik – 40— 60%, havoning harakatlanish tezligi – 0,2 m/s dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Shu sharoitlarga mikroiqlimning ruxsat etilgan miqdorlari: havo harorati – 19—25°, nisbiy namlik 75%, havoning harakatlanish tezligi – 0,3 m/s dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

    Og‘ir mehnat uchun havo haroratning optimal miqdori bo‘yicha 4—5°ga, ruxsat etilgan miqdori bo‘yicha 6° ga past bo‘lishi lozim.

    Yilning issiq mavsumida normalar bo‘yicha havo harorati 2—3° ga yuqori bo‘lishi belgilangan.

    Ishlab chiqarish jarayonning texnologik talablaridan kelib chiqib ishlab chiqarish xona va binolarda, miqroiqlimning ruxsat etilgan miqdorlarini aniqlash, texnologik jarayon sababli ushbu normalarga erishishga imkoniyat bo‘lmaganida ishlovchilarning o‘ta qizib yoki sovub ketishini oldini olish maqsadida zaruriy choralar ko‘rilishi lozim: havoning mahalliy holatda sovutish yoki isitish, havolatib suv purkash, dam olish va isinish xonalarini tashkil etish, issiq yoki sovuq haroratlardan himoya qiladigan maxsus kiyim bilan ta’minlash, yakka tartibdagi himoya vositalarni ajratish, ish va dam olish vaqtlarini belgilash va hokazo. O‘ta issiq harorat ta’siridan himoya qilish maqsadida himoya to‘siqlar sirtining harorati 45° dan oshmasligi lozim.

    Barcha korxona va tashkilotlarda yaratilgan mehnat sharoitlari xavfsizlik va gigiyena talablariga javob berishi shartligi mehnat qonunchiligida belgilangan. Bunday sharoitlarni yaratish ish beruvchining mas’uliyatiga kiradi.

    Shu bilan birgalikda ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sog‘lig‘i holati, mehnatning shartlari, mehnat vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari va o‘zga holatlarni inobatga olib, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga to‘lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanashi mumkin.

    Ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagilar uchun belgilanadi:

    • o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlar;
    • I va II guruh nogironi bo‘lgan xodimlar;
    • noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar;
    • alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi xodimlar;
    • uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollar.
    Ish vaqtining haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan (ya’ni har hafta 4 soatga) qisqartirilgan muddati mehnat jarayonida sog‘lig‘iga fizikaviy, kimyoviy, biologik va ishlab chiqarishning boshqa zararli omillari ta’sir etadigan xodimlar uchun belgilanadi.

    Korxonadagi bunday ishlarning ro‘yxati va ularni bajarishda ish vaqtining muayyan muddati tarmoq (tarif) kelishuvlarida, jamoa shartnomalarida belgilab qo‘yiladi, agar ular tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib, mehnat sharoitlariga baho berishning O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan uslubiyati asosida belgilanadi.

    Bundan tashqari, ish vaqtning qisqartirilgan muddati belgilanishi bilan birgalikda mehnat sharoiti noqulay va o‘ziga xos bo‘lgan ishlar uchun beriladigan yillik qo‘shimcha ta’til beriladi. Yillik qo‘shimcha ta’tillar 3 kundan 24 kungacha ish joyidagi mehnat sharoitlarining xavflilik darajasi va sinfiga qarab belgilanadi.

    O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 120-moddasiga muvofiq ish vaqti rejimi (kundalik ish vaqtining (smenaning) muddati, ishning boshlanish va tugash vaqti, ishdagi tanaffuslar vaqti) korxonada ichki mehnat tartibi qoidalari, boshqa lokal normativ hujjatlar bilan, bu hujjatlar bo‘lmaganda esa, — xodim bilan ish beruvchining kelishuviga binoan belgilanadi.

    Shu bilan birgalikda Mehnat Kodeksining 219-moddasida xodimning o‘z hayoti yoki sog‘lig‘iga tahdid solayotgan ishni bajarishni rad etish huquqi belgilangan. Bunda xodim ish jarayonida o‘zining hayoti yoki sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlar yuzaga kelib qolganligi to‘g‘risida ish beruvchiga darhol xabar qilishi lozim. Ushbu holatlar tasdiqlagan taqdirda ish beruvchi bu holatlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi lozim. Agar zarur choralar ko‘rilmasa, xodim o‘zining hayoti yoki sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlar bartaraf etilgunga qadar tegishli ishni bajarishni rad etishga haqlidir. Ana shu davr mobaynida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi.

    03.08.2015, 10:01   Izoh (0)   10025
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2014-yilda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash bo‘yicha investitsiya loyihalariga 8,5 trln so‘m kredit ajratildi

    03.08.2015, 09:40

    O‘zbekistonda ikki nafar Tojikiston fuqarosi narkotiklar kontrabandasi uchun hibsga olindi

    02.08.2015, 17:35

    FVV “Bildirsoy”da to‘xtab qolgan dor yo‘lidan 50 nafar dam oluvchini qutqarib oldi (foto)

    02.08.2015, 16:34

    Samarqandda elektr nazoratchisi fuqarolarning 5 milliondan ortiq pulini o‘zlashtirib oldi

    01.08.2015, 20:13

    Toshkentda 13-sonli tramvay yo‘nalishi qisqartirilishiga rasmiy izoh berildi

    01.08.2015, 09:09

    Korea Telecom kompaniyasi Toshkentdagi Inha universitetiga kitoblar hadya etdi

    01.08.2015, 08:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Osiyodan yana bir terma jamoa ilk marta mundial yo‘llanmasiga ega chiqdi

    Sport | 6 iyun, 12:36

    Endilikda ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil bo‘yi kompensatsiya beriladi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 12:35

    O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Dehli shahrida “Markaziy Osiyo - Hindiston” ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 11:50

    Infantino: “Butun dunyodagi muxlislar O‘zbekistonning JCHdagi debyutini kutmoqda”

    Sport | 6 iyun, 11:21

    O‘zbek va turkman kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Maxtumquli Firog‘iy” filmi Londondagi kinofestivalda xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 11:04

    Salom, mundial. O‘zbekiston Jahon chempionatiga chiqqan tarixiy o‘yindan fotogalereya

    Sport | 6 iyun, 09:56

    Sergeli tumanidagi mebel sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 09:36
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.