Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov kursklik fermer Anastasiya Dolgopolovaning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yo‘llagan murojaatidagi faktlarning ishonchliligi tekshirilishi lozimligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
“Men OAVdagi bu materiallardan xabardorman. Aminmanki, Qishloq xo‘jaligi vazirligidagi hamkasblarimiz bu ma’lumotlarni tekshiradi, chunki bu haqida niamdir deyishdan oldin ma’lumotlarni albatta tekshirish lozim”, — dedi Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayol qayerlarga murojaat qilgani, nima sababdan va qanday asos bilan uning murojaatlariga nisbatan tegishli qarorlar qabul qilinmaganini tekshirish zarur.
Avvalroq, Rossiyaning Kursk viloyatida istiqomat qiluvchi fermer ayol, davlat unga hech qanday yordam bermagani sabab, butun bug‘doy hosilini yoqib yuborish bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga tahdid qilgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)