Amerikalik xonanda va raqqos Maykl Jeksonning otasi Jo Jekson shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Braziliyaning Globo gazetasiga asoslanib “TASS” xabar bermoqda.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, Jekson yakshanba kuni San-Paulu shahridagi shifoxonalardan birining intensiv davolash bo‘linmasiga olib kelingan. U insultni boshidan kechirgani aytilgan.
Qayd etilishicha, Jo Jekson Braziliyaga 26-iyul kuni o‘zining 87 yoshlik yubileyini nishonlash uchun tashrif buyurgan.
Izoh (0)