Internetda aktrisa Anjelina Jolining pasporti nusxasi paydo bo‘ldi. “Segodnya.ua” xabariga ko‘ra, mashhur kinoyulduzning shaxsini tasdiqlovchi hujjat rossiyalik advokat Sergey Jorinning Instagram’dagi sahifasida e’lon qilingan.
“Sud ishi doirasida bir ofshorning benefitsiari haqidagi ma’lumot uchun so‘rov yuborgandik. Javob keldi. Ups!”, — deya suratga izoh qoldirgan Jorin.
37 yoshli Jorin o‘z mijozining sud ishi doirasida Yevropa banklarining biridan haqiqiy hujjatning elektron nusxasini olgan.
“Rossiyada ajrashish bo‘yicha sud ishi ko‘rilyapti, men unda o‘z eri bilan ajrashayotgan xotin manfaatlarini himoya qilyapman. Er ikki mamlakat fuqarosi, Yevropada, xususan, ofshorlarda, Kiprda ham ko‘plab mulklarga ega. Mazkur ish bo‘yicha Yevropada ishlayotgan hamkasblarimiz bankka hisob-raqamning haqiqiy boshqaruvchisi kim ekanligini aniqlashtirish maqsadida so‘rov yo‘lladi. Pasportlardan biri Anjelina Joliga tegishli. Hozir biz bankdagilar adashib bizga boshqa hisob-raqam bo‘yicha ma’lumot jo‘natmaganmikin, deb masalani aniqlashtirishga harakat qilyapmiz”, — deydi advokat.
Izoh (0)