AQSh prezidenti Barak Obama o‘z otasining vatani bo‘lmish Keniyaga tashrifi chog‘ida oilasi a’zolari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Exo Moskvi”. U buvisi va boshqa o‘nlab qarindoshlari bilan Nayrobida o‘zi to‘xtagan mehmonxonada kechki ovqatni birga tanovul qilgan.
Keniya poytaxti aeroportida Obamani mamlakat prezidenti Uxuru Keniata kutib olgan. AQSh prezidentining tashrifi munosabati bilan Keniyada xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.
Obama global tadbirkorlik sammitida ishtirok etishi hamda savdo va investitsiyalar, shuningdek, xavfsizlikni ta’minlash va terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.