BMT Xavfsizlik kengashi Ukraina sharqida halokatga uchragan Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing 777 samolyoti bo‘yicha xalqaro tribunal tuzish to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasini 29-iyul kuni ko‘rib chiqadi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
Avvalroq Malayziyaning BMTdagi vakili rezolyutsiya loyihasi Xavfsizlik kengashiga ko‘rib chiqish uchun keyingi haftada yuborilishini ma’lum qilgan, lekin bu aynan 29-iyulda bo‘lishiga aniqlik kiritmagan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu loyiha Malayziya, Avstraliya, Niderlandiya, Belgiya, Buyuk Britaniya va Ukraina singari davlatlar tashabbusi bilan ilgari surilgan bo‘lib, Rossiya tomonidan tanqidlarga uchramoqda.
Izoh (0)