Amerikaning Luiziana shtatidagi kinoteatrda yuz bergan otishma natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. Turli manbalarga ko‘ra, yetti nafardan to‘qqiz nafargacha kishi yaralandi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Hodisa Lafeyett shahridagi Grand Theatre kinoteatrida “Benuqson qiz” filmi namoyishi chog‘ida yuz berdi. Otishma kino boshlanganidan 20 daqiqa o‘tib sodir bo‘ldi.

Guvohlarning ma’lum qilishicha, oq tanli, keksaygan kishi o‘t ochgan. Keyin u o‘z joniga qasd qilgan. Politsiyaning ma’lumotiga qaraganda, erkak 58 yoshda bo‘lgan, uning shaxsi oshkor etilmadi.

Shtat gubernatori Bobbi Jindal voqea joyiga yetib keldi.