Yevropa Ittifqoining aksilmonopol nazorati organi Gollivudning oltita yirik studiyasini va Buyuk Britaniyaning Sky TV pulli telekanalini filmlarning litsenziyasini YeIning boshqa davlatlarida bloklab qo‘yishda aybladi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Sky TV telekanalidan tashqari Gollivudning quyidagi kompaniyalari tekshiruvdan o‘tkaziladi: Disney, NBC Universal, Paramount Pictures, Sony, Twentieth Century Fox va Warner Bros.
“Yevropalik iste’molchilar pulli telekanallarni o‘z xohishlariga ko‘ra va qayerda yashashlari yoki YeIning qayeriga sayohat qilishlaridan qat’i nazar tomosha qilishni istashadi. YeIning internetda o‘tkazgan aksilmonopol tekshiruvi ularda bunday imkoniyat yo‘qligini ko‘rsatdi”, — dedi Yevropa raqobat komissari Margaret Vestager.
Izoh (0)