Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Tojikistondagi yuz berayotgan tabiiy ofatlar natijasida qurbon bo‘lganlar soni sakkiz kishiga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: BBC News

Foto: BBC News

Havo haroratining haddan tashqari yuqori bo‘lishi munosabati bilan Tojikistonning tog‘li tumanlaridagi muzliklar faol erishni boshladi, natijada 16—21-iyul kunlari butun mamlakat bo‘ylab sel va ko‘chkilar yuz berdi.

Avvalroq Vanj va Rasht tumanlarida yetti kishi halok bo‘lgani, Vanjda yana besh kishi bedarak yo‘qolgani haqida axborot berilgandi. Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yana bir kishi — 22-iyul kuni Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatining Shug‘non tumanida sel oqimini kesib o‘tishga uringan yuk mashinasi haydovchisi halok bo‘lgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur tabiiy ofatlar natijasida Tojikiston iqtisodiyotiga kamida 100 million dollar miqdorida zarar yetgan. Respublika rahbariyati 21-iyul kuni tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda yordam so‘rab xalqaro hamjamiyatga murojaat qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov