“Soyuz TMA-17M” kosmik kemasi “Soyuz-FG” tashuvchi raketasida yangi ekipaj bilan Xalqaro kosmik stansiyaga uchirildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Soyuz” XKSga qisqa to‘rt marta aylanish sxemasi bo‘yicha yaqinlashadi, “Rassvet” kichik tadqiqotchi moduli bilan tutashuvi esa Moskva vaqti bilan 05:46 da amalga oshiriladi.
XKSga Oleg Kononenko ("Roskosmos", kosmik kema komandiri), Kimiya Yui (JAXA, 1-bortmuhandis) va Chell Lindgren (2-bortmuhandis) uchdi.
Izoh (0)