Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining Paxtalisoy qishlog‘ida elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlar ro‘yxatiga ancha oldin bu yerdan ko‘chib ketganlar, hattoki marhumlar ham kiritilgani ma’lum bo‘ldi, deb yozadi “Uz24.uz”.
Qayd etilishicha, o‘zi qishloqda kuniga 1—2 soatdan elektr energiyasi berilgan. “Adolat ko‘zgusi” gazetasi xabariga ko‘ra, shunga qaramay shifokorlar va o‘qituvchilardan har oyda 100—150 kilovatt uchun to‘lov olib qolingan.
Ushbu vaziyat haqida fikr bildirgan Chiroqchi tumani prokurori O. Payanov kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilayotganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)