Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev mamlakat hududida xorijiy aktivlar muzlatib qo‘yilishi mumkinligi to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilishini tasdiqladi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjat ko‘plab muassasalarning ko‘p yillik mehnatlari yakuni bo‘lib, bu 2004-yilda imzolangan davlatlar va ularning mulklari immunitetlari to‘g‘risidagi konvensiyaning Rossiya qonunchiligiga implementatsiyasi bo‘ladi.
Medvedevning ta’kidlashicha, qonun loyihasi xorijiy davlatlarining aktivlarini muzlatib qo‘yish yoki mulkiga cheklov qo‘yishni o‘zaro hamjihatlilik tamoyili asosida amalga oshirishni nazarda tutadi.
Izoh (0)