Xitoyning Shanxay shahrida 21-iyul kuni BRIKS taraqqiyot banki rasman ochildi, deb xabar bermoqda “RBK”. Bank tashkil etilishi to‘g‘risidagi shartnoma 2014-yil 16-iyul kuni Braziliyadagi sammitda imzolangan bo‘lib, u Xalqaro valyuta jamg‘armasiga muqobil bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Muassasa Yangi taraqqiyot banki deb nomlangan. “Bizning maqsadimiz mavjud tizimni tanqid qilish emas, balki uni takomillashtirish va to‘ldirishdir”, − dedi bank prezidenti Kundapur Vaman Kamatx.
Bank tashkilotga a’zo mamlakatlarida infratuzilma va developerlik loyihalarini moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi. Bankning boshlang‘ich nizom jamg‘armasi 100 milliard dollarni tashkil etadi.
Izoh (0)