Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahar hokimi R.Usmonov raisligida o‘tkazilgan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining oltinchi sessiyasida to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarning o‘tkazilishini tartibga solish masalalari ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Toshkent oqshomi” gazetasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: gazeta.uz

Foto: gazeta.uz

Kengash tomonidan to‘y va marosim egalariga tadbirni ixcham, kamxarj va dabdabasiz o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish hamda jamoatchilik fikrini inobatga olmaydigan fuqarolarni mahalla fuqarolar yig‘inida muhokama qilish tavsiya etildi.

Aholi tinchligiga xalal yetkazmaslik maqsadida to‘y, marosim va oilaviy tadbirlar munosabati bilan restoranlar, kafelar, to‘yxonalar, guzarlar, xususiy xonadonlar va ko‘chalarda soat 23:00 dan 06:00 gacha baland ovoz bilan qo‘shiq aytish, musiqa chalish, tovush signallarini berish, ovoz chiqaruvchi texnika vositalaridan foydalanish va shovqin qilish mumkin emasligi belgilab qo‘yilganligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, to‘y-hasham munosabati bilan kelin-kuyov va ularning yaqinlari shahar aylanishida yo‘l harakati xavfsizligiga qat’iy rioya etilishining nazoratga olinishi tavsiya qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Qishda kasal bo‘lmaslikning sinalgan 5 ta usuli
Mahalliy
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” boshqaruvi raisi va yana 3 mas’ulga hayfsan berildi
Dunyo
“Rossiya bahorda yangi hujum boshlash uchun Ukrainadagi urushni muzlatmoqchi” — Stoltenberg