Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda Alcatel OneTouch smartfonlarining eng noodatiy modeli sotila boshlandi, deb xabar beradi “Mobinfo.uz”.

Foto: mobinfo.uz

Foto: mobinfo.uz

OneTouch Idol 3 modeli MWC 2015 ko‘rgazmasida namoyish etilgandi. Bu smartfonning g‘ayrioddiyligi shundaki, telefonning yuqori qismi pastga bo‘lib qolsa ham foydalanuvchi bemalol gaplashaveradi.

Telefonning 4,7 dyuym va 5,5 dyuymli versiyalari chiqarilgan. 5,5 dyuymli versiyaga sakkiz yadroli markaziy protsessor va full HD ekrani o‘rnatilgan. Ushbu apparatning 16 va 32 Gb xotiraga ega versiyalari bor. 13 megapikselli asosiy kameraga ega. Telefon korpusi qalinligi 7,7 millimetrni tashkil qiladi.

Foto: mobinfo.uz

Foto: mobinfo.uz

4,7 dyuymli modelga to‘rt yadroli markaziy protsessor va HD ekrani o‘rnatilgan. U 5 megapikselli old kameraga ega.

Har ikkala gadjet Android L operatsion tizimida ishlaydi va 4G LTE standartidagi aloqani ko‘tara oladi.

Foto: mobinfo.uz

Foto: mobinfo.uz

Toshkentdagi “Fleshka” savdo majmuasida smartfonning 5,5 dyuymli versiyasi taxminan 1,6 million so‘mdan, 4,7 dyuymli versiyasi esa 1,1 million so‘mdan sotilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda