Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Koreya Respublikasi 14-iyul, seshanba kuni avvalroq Janubiy Koreya qirg‘oq soqchilari tomonidan qutqarilgan besh baliqchining ikki nafarini KXDRga topshirdi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Foto: agregator.pro

Foto: agregator.pro

Uchrashuv ikki davlat o‘rtasida joylashgan Pxanmunjom aholi punktida bo‘lib o‘tdi.

Qolgan uch baliqchi Janubda qolishni istadi, bu esa Pxenyanning keskin noroziligiga uchradi va u baliqchilarning barchasi vataniga qaytarilishini talab qildi. Shu tufayli, Shimoliy Koreya hukumati uyiga qaytishni istagan ikki fuqarosini uzoq vaqt davomida qabul qilishdan bosh tortdi.

KXDR Janubiy Koreyada qolmoqchi bo‘lgan uch baliqchining ismini oshkor qilishni so‘rab, ularni mamlakatda qolgan qarindoshlari bilan uchrashtirmoqchi ekanligini aytdi. Biroq Janubiy Koreya hukumati bundan “gumanitar sabablarga ko‘ra” bosh tortdi.

Dvigateli to‘xtab qolib, oqim bo‘yicha suzib yurgan Shimoliy Koreya baliqchi kemasidagi besh kishi 4-iyul kuni qutqarib olingan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)