“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 15-iyuldan mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha reyslarda yo‘lovchi tashish tariflari oshishi haqida xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Narx oshishi 12 foizni tashkil etadi hamda yuk va pochta tashuvchi reyslarga ham tegishli bo‘ladi.