Armaniston politsiyasi Yerevan markazidagi norozilik namoyishlari chog‘ida ushlangan barcha fuqarolarni qo‘yib yubordi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Hammani qo‘yib yubordik. Ma’muriy bayonnomalar tuzilmadi”, — deya ma’lum qildi Armaniston politsiyasi matbuot kotibi Ashot Agaronyan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlar chog‘ida hammasi bo‘lib 46 kishi qo‘lga olingan, ulardan olti nafari voyaga yetmagan bo‘lgani uchun o‘sha zahoti qo‘yib yuborilgan. Ushlanganlarning ayrimlari politsiya ularga nisbatan kuch ishlatganini da’vo qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, namoyishchilar 23-iyundan beri mamlakat poytaxtidagi prezident qarorgohi va boshqa ma’muriy binolar joylashgan Bagramyan shohko‘chasini qamal qilmoqda.