Nazarboyev butun hayoti va faoliyati Qozog‘iston bilan bog‘liqligini ta’kidladi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 6-iyul, dushanba kuni 75 yoshga to‘ldi. Shu kuni mamlakatda “Poytaxt kuni” deb ataladigan rasmiy bayram ham nishonlandi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Shahar kuni, xuddi insonning tavallud ayyomi kabi, tantanalar uchun sabab emas, balki yakunlarni ko‘rib chiqish imkoniyatidir. Men uchun yubileylar shaxsiy bayram bo‘lgan davrlar allaqachon o‘tib ketdi. Butun hayotim va faoliyatim mamlakat bilan bog‘liq”. Nazarboyev bu so‘zlarni “Poytaxt kuni”ga bag‘ishlangan tantanali qabul chog‘ida aytib o‘tgan.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, u uchun Qozog‘iston, uning poytaxti hamda mintaqalarning yangi-yangi muvaffaqiyatlaridan yaxshiroq tabrik “bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham”.