2015-yilning birinchi choragida O‘zbekistonga 422,9 ming nafar xorijlik tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”. Bu 2014-yilning birinchi choragiga nisbatan 5,6 foizga ko‘p demakdir.
Xorijliklarning katta qismi — 330 ming kishi (+7,4%) O‘zbekistonga qarindoshlarini yo‘qlab kelgan. Sayyohlar soni 22,8 ming kishini (+8,9%), ish yuzasidan kelganlar 24,1 ming kishini (+1,9%), tijorat maqsadida kelganlar 5027 kishini (-19,6%) tashkil etgan.Shuningdek, ishlash uchun 8863 nafar (+6,6%), o‘qish uchun 2917 nafar (-7,8%), davolanish uchun 19,1 ming nafar (-15,9%) va doimiy yashash uchun 10,1 ming nafar (+21%) xorijlik O‘zbekistonga kelgan.
Izoh (0)