Tayvan manbalari iPhone 6S va iPhone 6S Plus sifatida talqin qilinayotgan Apple’ning yangi avlod smartfonlarini ishlab chiqarish boshlangani to‘g‘risidagi ma’lumotni tasdiqladi, deb xabar bermoqda “3Dnews.ru”.
Qayd etilishicha, apparatlar uchun qismlarni Largan Precision, Catcher Technology, Foxlink Technology, General Interface Solutions, Zheng Ding Technology va Flexium Interconnect singari kompaniyalar ishlab chiqaradi. Yangi smartfonlarni yig‘ish bilan esa Foxconn va Pegatron shug‘ullanadi.
iPhone 6S va iPhone 6S Plus smartfonlari sentabr oyida e’lon qilinishi kutilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, ular mos ravishda 4,7 va 5,5 dyuymli ekranlarga, Apple A9 protsessoriga, ekranni bosish kuchini aniqlovchi Force Touch texnologiyasiga ega bo‘ladi.
Izoh (0)