Egasining o‘limi har qanday kuchuk uchun og‘ir kun hisoblanadi. Ulardan ba’zilari bunday ayriliqdan qattiq siqiladi. Shunday hodisalardan biri Serbiya shaharlaridan birida sodir bo‘ldi. Nemis ovcharkasi egasining o‘limidan so‘ng uning qabrini qo‘riqlashda davom etdi, bu haqda “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalardan birida aytiladi.
Qabriston xodimlarining aytishicha, vafodor kuchuk har kuni egasining qabriga kelgan va u yerni faqat ovqat qidirish uchun tark etgan. Noqulay ob-havo sharoitida esa u qabr toshining yonginasidan o‘ziga uya qazib olgan.
Itni bir necha marta qabristondan olib ketishga harakat qilishgan, biroq u bunga bor kuchi bilan qarshilik qilgan. Ushbu ovcharka faqat hayvonlarga xos bo‘lgan muhabbat va sadoqat timsoliga aylandi.
Izoh (0)