Liberiya davlati Sog‘liqni saqlash vazirligi 1-iyul, chorshanba kuni ikkinchi marta Ebola bezgagi virusini yuqtirib olish holatini qayd etdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. May oyida mamlakatning ushbu kasallikdan qutulganligi e’lon qilingan edi.
“Bugungi kunda ushbu virusni yuqtirib olish bo‘yicha ikkita holat qayd etildi. Sog‘liqni saqlash organlari xodimlari yana virusni yuqtirib olish holatlarini aniqlash yuzasidan ish olib bormoqda”, — deydi Liberiyada Ebola virusiga qarshi kurashish bo‘yicha javobgar bo‘lgan shifokor Moses Massakuoi.
Eslatib o‘tamiz, Ebola bezgagi Liberiyada olti haftalik tanaffusdan so‘ng 30-iyun kuni yana qayd etilgan edi. Vafot etgan 17 yoshli o‘smirda ushbu virus aniqlangan edi.
Ebola bezgagi 2014-yilning fevral oyida G‘arbiy Afrikada avj olgan edi.
Izoh (0)