Markaziy Osiyodagi eng yirik rangli metall ishlab chiqaruvchilardan bo‘lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Toshkent viloyatidagi Qizil olma oltin ruda konida 2015−2018-yillarda yangi yerosti konini quradi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
“Samarchuk” uchastkasidagi konning quvvati yiliga 100 ming tonna rudani tashkil etadi. Qiymati 65,14 million dollarlik loyihaning texnik-iqtisodiy asosi iyun oyida hukumat tomonidan tasdiqlangan.
Loyiha O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 14,5 million dollarlik krediti va OKMKning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Iyul oyida moliyalshtirish ochilishi va ishlarning yangi bosqichi boshlanishi kutilmoqda.
Izoh (0)