Buyuk Britaniyaning Galifaks shahrida yashovchi ayol, lotereyada 4,3 million funt (6,7 million dollar atrofida) yutib olgach, birinchi navbatda orzusidagi shippakni xarid qilish uchun yo‘l oldi, deb xabar beradi “Nur.kz” The Daily Telegraph ma’lumotiga tayanib.
69 yoshli sobiq tikuvchi Jeyn Lyuis 1991-yilda asos solingan UK Lotto milliy lotereyasida muntazam qatnashib kelib, unda g‘olib bo‘ldi.
“Ertalab avtobusga chiqib, shahar markaziga bordim va o‘zimga uy shippagi sotib oldim. Uni peshtaxtada ko‘rib, anchadan beri unga pul to‘playotgandim”,— deydi britaniyalik ayol.
Lyuisning aytishicha, uning navbatdagi xaridi yangi uy bo‘ladi. Ayol so‘nggi 11 yil davomida bitta yotoqxonasi va juda kichkina oshxonasi bo‘lgan uyda ijarada yashaganligini aytdi.
Izoh (0)