May oyida rejalashtirilganidek, Google o‘zining haydovchisiz avtomashinalarining so‘nggi prototiplarini Kaliforniyaning umumiy foydalanishdagi yo‘llarida sinovdan o‘tkazishga kirishdi, deb xabar beradi “3dnews.ru”.
O‘tgan yili birinchi marta namoyish qilingan yangi avtomashina prototipi Google’ning anchadan buyon sinovdan o‘tayotgan modifikatsiyalangan Lexus parkiga qo‘shiladi.
“Yangi prototiplar noldan boshlab to‘liq haydovchisiz boshqarish uchun mo‘ljallab ishlab chiqildi. Ularning tezligi shahar atrofi uchun maqbul bo‘lgan soatiga 25 mil bilan chegaralanib, dasturiy ta’minot yordamida harakatlanadi.
Izoh (0)