Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida elektr energiyasining asosiy manbasi bo‘lgan Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasida har biri 230−280 megavatt quvvatga ega ikkita bug‘-gaz qurilmasini qurish, uchta mavjud energoblokni demontaj qilish va ikkitasini zaxira uchun saqlab qolish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
“O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, loyiha 678,2 million dollarga baholangan bo‘lib, jumladan Osiyo taraqqiyot bakining 300 million dollarlik va O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 230,7 million dollarlik kreditlari hisobiga moliyalashtiriladi.
Hozirda bosh pudratchi shartnomasi uchun tender hujjatlari ishlab chiqilmoqda va 2015-yilning uchinchi choragida tender e’lon qilinishi kutilmoqda.
Izoh (0)