Hindiston g‘arbidagi Gujarat shtatida kuchli jala quyishi natijasida yuz bergan suv toshqini va ko‘chkilar oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
Mussonlar mavsumining kirib kelishi naijasida juda ko‘p yog‘ingarchilik yuz berdi. Bu esa shtatning katta hududi bo‘ylab daryoning toshishiga olib keldi. Bir nechta aholi punktlari bilan transport aloqasi izdan chiqdi, energiya bilan ta’minlash tizimida ham uzilishlar qayd etildi. Ichimlik suvini yetkazib berish qiyinlashdi.
O‘tgan kecha Bagasara shahri yaqinida sutka davomida bir oylik yog‘ingarchilik me’yorining yog‘ishi uylarning qulab tushishiga sabab bo‘ldi. Natijada 13 kishi halok bo‘ldi. Qutqaruvchilar suv toshgan hududlardan 85 kishini qutqardi.
Izoh (0)