Ishlab chiqarishni ta’lim sohasi bilan uyg‘unlashuvini ta’minlash, shuningdek, talabalar, ish izlovchilar va ish beruvchilar manfaatlarini inobatga olgan holda 2015-yilning 26-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Ochiq eshiklar kuni” hamda AKT tashkilotlari va kompaniyalari ishtirokida “Karyera va malaka oshirish yarmarkasi” (Internship & Career Fair IUT 2015) tashkil etilmoqda. Bu haqda universitet vakillari “Daryo”ga ma’lum qildi.
“Ochiq eshiklar kuni” abituriyentlar hamda ularning ota-onalariga Toshkent shahridagi Inha universitetida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish va joriy o‘quv yiliga kirish imtihonlarini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish imkoniyatini beradi.
“Karyera va malaka oshirish yarmarkasi” (Internship & Career Fair IUT 2015) yarmarkasi birinchi bor o‘tkazilib, Toshkent shahridagi Inha universitetining talabalari hamda AT-mutaxassislarini tayyorlaydigan boshqa OTMlarning talabalari hamda AKT sohasining boshqa manfaatdor mutaxassislari o‘z tashkilotlarining taqdimotini o‘tkazib, malaka oshirish imkoniyati to‘g‘risida ma’lumot berishadi. AKT kompaniyasi vakillari ish izlovchilar bilan suhbat o‘tkazadi, shuningdek, o‘z tashkilotlarida malaka oshirish imkoniyati to‘g‘risida ma’lumot tarqatadi. Universitet tomonidan kompaniyalarga bepul tarzda o‘z taqdimotlarini o‘tkazishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi.
Tadbir Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida soat 9:00 dan 17:00 gacha bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)