15-iyundan 18-iyungacha bo‘lgan davrda Gretsiya banklaridan 2 milliard yevro naqd pul yechib olindi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Yevropa Ittifoqi davlatlari moliya vazirlarining muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlangan. 21-iyunga rejalashtirilgan YeIning navbatdan tashqari majlisida Gretsiya qarzdorligi masalasi muhokama qilinadi. YeI moliya vazirlarining favqulodda yig‘ilishi tufayli 21-iyun kuni Gretsiya banklari yopib qo‘yilishi mumkin.
Gretsiyaga yo‘l olgan sayyohlarga Buyuk Britaniya rasmiylari har ehtimolga qarshi yetarlicha miqdorda naqd yevro olib borishni tavsiya qilgan.
So‘nggi olti yil ichida Gretsiya banklaridagi depozitlar 225 milliard yevrodan 125 milliard yevroga kamayib, naqd pul hajmi 141 milliard yevrodan 200 milliard yevroga ko‘paygan.
Gretsiya 30-iyun kuni Xalqaro valyuta jamg‘armasiga 1,5 milliard yevrolik, 20-iyul kuni Yevropa markaziy bankiga 3,5 milliard yevrolik qarzini qaytarishi kerak.
Izoh (0)