Nepal hukumati aprel oyidagi kuchli yer silkinishi va ko‘chkilardan so‘ng Rusavaning tog‘li hududlaridagi qishloqlardan birida 193 nafar kishining qurbon bo‘lganligini qayd etdi, deb xabar beradi “RIA Novosti” Reuters agentligi ma’lumotlariga tayanib.
Avvalroq Langtang milliy bog‘idan uzoq bo‘lmagan Rusava hududida qutqaruvchilar tomonidan 55 nafar qurbon bo‘lganlar topilib, 190 kishi bedarak yo‘qolgan deb xabar berilgan edi. Ulardan 10 nafari Nepal armiyasi harbiy xizmatchilari, 40 nafari esa gid va yuk tashuvchilar, mahalliy aholi, shuningdek 4 nafari chet el fuqarolaridir.
Mahalliy hukumatning xabar berishicha, yangi ko‘chkilarning sodir bo‘lishi Langtang milliy bog‘i hududidagi qidiruv ishlarini qiyinlashtirmoqda. 15-iyun, dushanba kuni yana qor ko‘chishlari oqibatida fojia joyida ishlayotgan 5 nafar askar jabrlandi.
Zilzila oqibatida 597 aholisi halok bo‘lgan Rusava fojia oqibatida eng ko‘p jabrlangan hududlardan biri hisoblanadi.
Nepalda 25-aprel kuni 7,9 magnitudali zilzila sodir bo‘lib, oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, uning oqibatida 8700 dan ortiq kishi qurbon bo‘ldi, yana 22 493 kishi jabrlandi.
Izoh (0)