O‘zbekistonda Global vaksinalar va immunizatsiya alyansi ko‘magida inson papilloma virusiga qarshi vaksina joriy etilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi “12news.uz”.
“Jahon” axborot agentligi xabariga ko‘ra, bu mavzuga bog‘liq dolzarb masalalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi ekspertlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda muhokama qilingan.
Eskpertlarning so‘zlariga ko‘ra, bachadon bo‘yni saratoni profilaktikasi va unga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks milliy rejani ishlab chiqish uchun qator ishlarni amalga oshirish lozim. Skrining bo‘yicha joriy qonunchilikni ko‘rib chiqish, tegishli ma’lumotlarni tahlil qilish, turli xarajatlarni hisoblash shular jumlasidandir.
Izoh (0)