“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining Namangan viloyati bo‘yicha vakili Hoshimjon G‘aybullayevning so‘zlariga ko‘ra, yaqin orada viloyatda 50 ta yangi turistik xizmat ko‘rsatish obyektlari qurilishi boshlanadi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Qayd etilishicha, so‘nggi to‘rt yilda Namangan shahrida beshta, Chust va Popda bittadan yangi mehmonxona ochilgan. Hozirda Namangan, To‘raqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida yangi mehmonxonalar qurilishi loyihasi hujjatlarini tayyorlash ishlari yakunlanmoqda.
“Chortoq”, “Gulshan”, “Kosonsoy”, “Shaxand” va boshqa sanatoriylar tobora ko‘proq sayyohlarni o‘ziga jalb qilyapti. Qamchiq dovoni orqali o‘tuvchi Angren−Pop temir yo‘li qurilishi yakunlangach esa yana yangi sayyohlik yo‘nalishlari ochilishi kutilmoqda.
Izoh (0)