Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Mercedes-Benz kompaniyasi haydovchisiz yuradigan avtomobil yaratish yo‘lida transport vositasini boshqarishni o‘z qo‘liga oluvchi texnologiyalarni ishlab chiqishda davom etmoqda, deb yozadi “3dnews.ru”.

Foto: 3dnews.ru

Foto: 3dnews.ru

Mercedes-Benz’ning car2go avtomobilni qisqa muddatga ijaraga berish servisi va Bosch kompaniyasi hamkorlikda mashinani masofadan turib avtomatik ravishda parkovka qildirish texnologiyasini ishlab chiqmoqchi. Yangi tizim avtoturargohda joy qidirish, u yerga avtomobilni qo‘yish va egasiga qaytarishni mustaqil ravishda amalga oshirishi ko‘zda tutilmoqda.

Bunda haydovchi rulda bo‘lishi shart emas. U transport vositasidan ma’lum masofada turib smartfon yordamida buyruq berishi mumkin.

Foto: 3dnews.ru

Foto: 3dnews.ru

Ushbu tizim uchun Bosch datchik, kamera kabi uskunalarni ishlab chiqadi, Mercedes-Benz esa ularni car2go mashinalariga o‘rnatadi.

Bunday texnologiya qachon muomalaga kiritilishi xabar berilmayapti.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 154 kishida koronavirus qayd etildi
Dunyo
“Telegram’da kriptovalyuta savdosi va ularni saqlash vositalari bo‘ladi” — Durov
Sport
JCH—2022 da nimchorak finalning to‘rtta juftligi aniqlandi