Toshkentda bo‘lib o‘tgan Fransiya—O‘zbekiston biznes forumida “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi o‘z chiqishida kompaniyada naqd pulni yashirish holati borligini aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Today.
“Hech kimga sir emaski, naqd pul yashirilishining subyektiv sabablari bor. Shuning uchun jamoat transportlarida kontaktsiz to‘lov tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Kompaniya vakillari joriy yilda Fransiyaga borib, ushbu davlat tajribasi bilan tanishdi”, — dedi u.
Kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda ushbu tizim joriy etilishining eng oxirgi muddati 2016-yil bo‘ladi. Biroq barcha ishlar joriy yilda ham yakullanishi mumkin.
Izoh (0)