Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yangi Zelandiyada davom etayotgan Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining nimchorak finalidan o‘rin olgan uchrashuvda O‘zbekiston termasi Avstriyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda o‘zbekistonliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi, deb xabar beradi “Uff.uz”.

Foto: uff.uz

Foto: uff.uz

O‘yin asosan teng kurashlar ostida kechdi. Faqatgina Ravshan Haydarov shogirdlari yuzaga kelgan vaziyatlardan unumli foydalanib, raqibni taslim etishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘yin qahramoni Dostonbek Hamdamov bo‘ldi. U 47 va 57-daqiqalarda ikkita gol kiritib, O‘zbekistonga g‘alaba keltirdi. Bu vaziyatlarda unga Mirjamol Qosimov to‘pni yetkazib berganini alohida ta’kidlash kerak.

Endi O‘zbekiston yoshlar termasi Jahon chempionatining chorak finalida Senegal termasiga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi. O‘yin 14-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 09:30 da boshlanadi.

U-20 JCh. 1/8 final

Avstriya U-20 — O‘zbekiston U-20 — 0:2 (0:0)Gollar: Dostonbek Hamdamov (47, 57)Avstriya U-20: Kasali, Rosenbixler, Gugganig, Laynxart, Mixarl (Gruber, 50), Blush (Kruzer, 61), Brandner, Gshveydl (Grubek, 67), Laimer, Rasner, GrillishO‘zbekiston U-20: Hamroyev, Ashurmatov, Abdullayev, Qosimov (Shomurodov, 69), Hamrobekov, Komilov, Sohibov, Shukurov, G‘iyosov, Hamdamov (Normurodov, 90+1), O‘rinboyev.Ogohlantirishlar: Hamdamov (39), Leynxart (45), Grillish (92).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Global inflyatsiya o‘zining eng yuqori darajasiga yetgan — Financial Times
Madaniyat
Musiqiy chartlarni “portlatgan” albom, 4-farzandini kutayotgan oila va 3-marta turmushga chiqqan Britni Spirs: 2022-yilda Gollivud yulduzlari hayotida sodir bo‘lga...
Dunyo
Global elektron tijorat bozori 2022-yilda 5,8 trln dollarga yetishi kutilmoqda