Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbek olimlari paxta tozalash sanoatida foydalanish uchun issiqlik generatori modelini yaratdi. Bu haqda O‘zbekiston Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: IMA.uz

Foto: IMA.uz
Ushbu modelning vazifasi yoqilg‘ining to‘liq yonishini ta’minlash, paxta tolasining tabiiy oqligini saqlash, yoqilg‘ini tejash, 100 darajadan past temperaturadagi issiqlik agentining barqaror olinishini ta’minlash, issiqlik generatorining ishlash jarayoni va unga texnik xizmat ko‘rsatilishi ustidan nazoratning qulay bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.

Issiqlik generatori tarkibidan o‘zaro bog‘langan va gorizontal markaziy o‘q bo‘ylab birin-ketin joylashgan o‘txona kamerasi, oxirigacha yondirish kamerasi, yoqilg‘i va atmosfera havosining yonish mahsulotlarini aralashtirish kamerasi, suyuq yoqilg‘i o‘tkazuvchi truboprovodga ega bo‘lgan forsunka va gaz gorelkasi, o‘txona kamerasiga havo uzatish kanali (kanal o‘txona kamerasi devorining ustki yuzasi va uni o‘rab turgan kojuxdan hosil bo‘lgan) joy olgan.

Isigan havoni gorelkaga uzatuvchi truboprovod havo isitish qobig‘ining chiqish teshigini havoni gorelkaga uzatuvchi teshik bilan ulaydi. Truboprovodning chiqish teshigi gorelka devoriga urinma chiziq bo‘ylab joylashgan, gorelka va forsunka esa o‘txona kamerasining yon devoriga montaj qilingan.

“Mualliflar - Mirhosil A’zamov va Mirsolih A’zamovga ushbu foydali model ixtirosi uchun № FAP 01006 raqamli patent berildi”, - deyiladi agentlik xabarida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda