Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2015-yilning yanvar—may oylarida Rossiyada GM Uzbekistan qo‘shma korxonasining 8622 ta avtomobili sotildi. Bu haqda Yevropa biznesi uyushmasi Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasiga tayanib,  “Gazeta.uz” xabar berdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 58,7 foizga kam demakdir.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Mayda o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan savdo-sotiq hajmi 55,7 foizga kamayib, 1558 donagacha tushib ketdi.

2015-yilning yanvar—mayida GM Uzbekistan AJ QK ning Rossiya bozoridagi ulushi 1,3 foizni tashkil etdi, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich esa 2 foizga teng bo‘lgan.

2015-yilning besh oyi yakunlariga ko‘ra, GM Uzbekistan Rossiyada avtomobillar savdosi hajmi bo‘yicha 19-o‘rinni egalladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi