Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Barselona” yarim himoyachisi Andres Inyesta “Yuventus”ga qarshi o‘tkazilgan Chempionlar Ligasi finalining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Bu haqda UEFA matbuot xizmatiga tayanib, “Championat.com” xabar qilmoqda.

Foto: eurosport.ru

Foto: eurosport.ru

Uchrashuv 6-iyun kuni Berlindagi “Olimpiyashtadion” o‘yingohida bo‘lib o‘tdi va “ko‘k-anorranglilar”ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 31 yoshli Inyesta asosiy tarkibda maydonga tushdi va birinchi golga assistentlik qildi. U 78-daqiqada o‘z o‘rnini Xaviga bo‘shatib berdi.

Inyesta Chempionlar Ligasining 4 ta finalida o‘ynagan “Barselona”ning birinchi futbolchisiga aylandi. Bundan tashqari, u turnirning 3 ta finalida golli to‘z uzatgan birinchi futbolchi bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ramzan Qodirovni tanqid qilgan chechenistonlik bloger o‘ldirib ketildi
Mahalliy
O‘zbekistonda talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 153 kishida koronavirus aniqlandi