Bugun, 6-iyun, shanba kuni Berlindagi “Olimpiyashtadion”da Italiyaning “Yuventus” va Ispaniyaning “Barselona” jamoalari o‘rtasida Yevropa Chempionlar ligasi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda RBC.ru.
Xabar berishlaricha, “Barselona” finalga eng kuchli tarkibini maydonga tushirishi mumkin – Inyesta “Atletik”ka qarshi Ispaniya Kubogi finalida olgan jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lgan, shikastlangani sabab mavsum so‘ngini maydon tashqarisida o‘tkazgan hujumchi Luis Suares esa sport formasini tiklab olgan.
“Yuventus” esa final arafasida asosiy himoyachisi – Jorjio Kyellinidan ayrildi va uning finalda maydonga tushmasligi aniq bo‘lib turibdi. Jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri to‘pig‘idan jarohat olgan Martin Kaseresdan ham umid qila olmaydi. Himoyachi Andrea Bardzalining maydonga tushishi ham so‘roq ostida.